Меню сайта

   Главная страница

   Информация о сайте

   Обратная связь

   Музыка

   Каталог статей

   Блог

   Форум

   Фотоальбомы

   Гостевая книга

   Тесты

   OLMOS-FM RADIOSI
Категории раздела

   узбек тилида филим

   Индийские фильмы

   Киргизские фильмы

   Казахские фильмы

   Корейский фильмы

   Узбекский фильмы

   Kurtlar Vadisi Pusu

   Зарубеж клиплар

   Узбек На Русский

   Документальный

   Ўзбекча клиплар

   Русский Фильмы

   Туркча фильмы

   Трейлеры 2015

   Туркча клиплар

   Хиндча клипар

   Сенга Ошикман

   Рўсча клиплар

   Video darslar

   Комеди клаб

   Фантастика

   Шоу бизнес

   Comedy.Uz

   Криминал

   Концерты

   Мультики

   Шеърлар

   Kомедии

   Исломий

   Телешоу

   Приколы

   Сериалы

   Новости

   Боевики

   Футбол

   драмы

   Разное

   Ужасы

   Спорт

   Юмор

   Квн
ONLINE TV
UZBEK KINOLAR
Qashqir (o'zbek film) | Кашкир (узбекфильм)
Aprel may Апрель май (O'zbek kino) ok
To'ylar muborak 2 / Тойлар муборак 2 (Yangi Uzbek kino 2015)
Ayriliq-2 (o'zbek film) | Айрилик-2 (узбекфильм)
Qor qo'ynida lola / Кор куйнида лола (O'zbek kino)
Daydi (treyler) | Дайди (трейлер)
Parizod / Паризод (O'zbek kino 2012)
Статистика сайта

Онлайн всего: 4
Гостей: 4
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Февраль » 17 » TUTQUNLIKDA 10 KUN ( 1-QISM) 2015
3:59 PM
TUTQUNLIKDA 10 KUN ( 1-QISM) 2015

 

TUTQUNLIKDA 10 KUN ( 1- QISM)

O‘sha kuni yomg‘ir tinimsiz yog‘ayotgandi. Dadamning tobi yo‘qligidan ko‘nglim g‘ash edi. -Xolida, chop, Rasul do‘xtirni chaqirib kel, -dedi onam. Men onamga hayron boqdim. Yarim tun. Qorong‘idan qo‘rqaman. Onam shoshilib, dadamning yoniga kirib ketdilar. Telefonimizning puli to‘lanmaganligi uchun uzib qo‘yishgan. Akam paxtada. Noiloj dadam yotgan xonaga kirdim. Rangi dokadek yuragini g‘ijimlab, o‘zini har yon tashlayotgan otajonimni ko‘rib qo‘rquvni unutdim. Rasul do‘xtir bizdan ikki bekat narida turadi. Kunduz kuni bo‘lsa ming marta borib kelishgayam rozi edim. Biroq hozir qorong‘ida, yomg‘irda... Yo‘lakning birinchi qavatida turadigan Shahnozalarning eshigini taqillatdim. Balki birga borib kelar, balki telefonidan foydalanarman. Yo‘q, hech kim javob bermadi. Yakshanba kuni mehmonga ketishgandir, degan xayol bilan soyabonimni ochib yo‘lga tushdim. Har qalay, yo‘l chetida do‘konlar qator-qator bo‘lganligi uchun chiroqlarini yoqib ketishgan ekan. "Sanam” fabrikasidan o‘tib olsam, u yog‘i yaqin. Rasul do‘xtir ham maza qilib uxlab yotgandir. U dadamni 15 yildan beri uyda davolaydi. Xayol bilan chopib ketayotganimda orqa tomondan kelib bir sharpa ikki qo‘llab belimdan aylantirib quchoqladi. Chinqirib yubordim. Biroq atrofda zog‘ yo‘q. Yaxshiroq qarasam, zog‘ yo‘q, deb adashganligimni anglab yetdim. Chunki do‘konga suyangancha turgan yana uch sharpa baravar men tomonga qo‘zg‘aldi. -Akajon, qo‘yvoring, menda hech narsa yo‘q. Pulim ham yo‘q. Dadam og‘ir kasal. Do‘xtir chaqirishga borayapman, -dedim yalinib. -Qaranglar, asal qiz ekan, yarim kechada pishirib qo‘yibdimi? O‘z oyog‘i bilan keldi-ya. Seni o‘zing pul, qizaloq, -dedi barzangilardan biri. Shu payt bo‘ynimda onamning qimmatbaho zanjiri borligi yodimga tushib, jon holatda ushlab turgan nusxaning bilagidan tishlab oldim-da, yugurdim. Yuragim og‘zimga tiqilgudek bo‘lib, Rasul do‘xtirning yo‘lagiga yetib bordim. Yaxshiyamki, birinchi qavatda turadi. Qo‘llarim qaltirab ketayotganligi tufayli eshikni oyog‘im bilan tepdim. Bu orada yigitlar yo‘lakda paydo bo‘lishdi. Endi ulardan qo‘rqmayotgandim. Chunki Rasul do‘xtir sumkasini ko‘tarib chiqayotgan edi. -Dadamning ahvoli juda og‘ir. Tez-tez yuring, tog‘a, - deb vaziyatni tushuntirdim. Do‘xtir soyabonni ko‘tarib oldi. Ikkimiz bir soyabonda tez yurib ketdik. Ellik qadamlar yurganimizdan so‘ng yigitlar ortimizdan kelayotganini sezdim. -Bezori bolalar bor. Tog‘a, chopaylik -dedim do‘xtirga. Ular bo‘ynimdagi taqinchoqni olib qo‘yishmoqchi. -Ey qizim. Sen o‘zing qimmatbahosan. Bular bir temirda. Sen chopqillab ketaver. Men qarib qolganman, - dedi u. Men qadamimni tezlatdim. Shu payt ortimdan: -Qizchani tashlab keting, do‘xtir, -degan ovoz keldi. -Nima qilasan? Boyaqishning yuragini yoribsanlar. Shu yomg‘irda uyda o‘tirsanglar bo‘lmaydimi? Sizlardan xavotir oladigan ota-ona bo‘lmasa, bu qizni ota-onasi ilhaq kutib o‘tiribdi. Boringlar. -Ezma ekansan, chol. Yarim kecha yo‘limdan chiqqan qizni hech qachon shunchaki qo‘yib yubormayman. Badr, qizni ushla. Badr deganlari shamoldek kelib meni ushladi va qorong‘ida sal-pal yaltirab turgan mashina tomonga sudradi. Uni bir sakrab, ko‘ksiga tepdim. Orqasi bilan yiqildi.Yana qochdim. "Do‘xtir buva, yordam bering!”. Ortimga o‘girilib do‘xtir ham yordamga muhtoj ekanligini ko‘rdim. Uni qolgan yigitlar sasna daraxti yonida tepib, ayamay urishayapti. Qo‘yvoringlar, dadam o‘lib qoladi. Mayli, meni o‘ldirsanglar ham do‘xtir tezroq ketsin.Izimga qaytib, ular bilan olisha boshladim.Ammo uch yildan beri «Kiokushinkay»ga qatnaganim zoye ketdi. Ular ko‘pchil va baquvvat edilar. -Badr, zog‘chaning ovozini o‘chir. -Do‘xtirni tiriklay tashlab ketaveraylik-da. -Qizni olib ketganimizga guvoh bo‘lmasligi kerak. Baxtiyor, bu tepkingdan pishak ham o‘lmaydi. Sharfing bilan bo‘g‘. Bu gaplar xuddi tushimda bo‘layotgandek tuyulardi. Kiyimlarim namiqib ketganligidanmi, qo‘rquvdanmi tishlarim takkillab, bir-biriga urilardi. Nahotki, bir pasda inson hayoti ostin-ustun bo‘lib ketsa? Do‘xtirning ovozi chiqmay qoldi. -Joni uzildi, -dedi yigitlardan biri. Qorong‘ida yo‘l girdidagi ariqqa Rasul do‘xtirning jonsiz tanasini uloqtirishdi. Men bu ko‘rgulikdan bor ovozim bilan yig‘lashni istardim, biroq og‘zimni mahkam yopgan baquvvat qo‘llar xalaqit berardi. Shu payt miyamga urilgan zarbdan esimni yo‘qotdim. Qancha behush yotganimni bilmayman. Ko‘zimni ochsam, "Neksiya” mashinasining orqa o‘rindig‘ida ikki yigitning tizzasiga yotgancha qayoqqadir olib ketilayapman. Qayoqqa? -Meni qo‘yvoringlar. Dadam... Ular gapimni eshitmayotganini angladim-u, o‘yga botdim. Rasul do‘xtir bilan meni kutib onam tong ottirayotgandir. Qorong‘ida yolg‘iz yuborganiga ming bor pushaymon bo‘layotgandir ham. Dadam- chi? Ertaga maktabga borishim kerak. Nimalar bo‘layapti? Mashina chiroqlari yorug‘ida "Chim” degan yozuv ko‘rindi. Hali Qarshidan nariga bormaganim uchun qayerligini anglamadim. O‘n daqiqalardan keyin mashina katta yo‘ldan o‘ng tarafga burildi. Qorong‘ida o‘nqir-cho‘nqir yo‘llardan o‘tayotganimiz sezilib turardi. Yigitlarning biri: -Rashid aka, kimnikiga haydayapsiz? -deb so‘radi. -Oshnam bor. Shunikiga kirib ,maslahatlashib olamiz, - dedi u. Uyga yaqinlashdik. Tashqarisida yonib turgan chiroq nuri ko‘nglimga qandaydir yorug‘lik berdi. Balki bu uyda yaxshi odamlar turishar, degan o‘y ko‘nglimni yoritardi. Oddiy, suvalmagan, hatto shiferi ham yo‘q edi uyning. Biroq hovlisi juda katta. Shaharda bunday hovlida 4-5 xo‘jalik yashashi mumkin. Buncha ovloq joy ekan. -Qizcha, joning shirin bo‘lsa o‘z oyog‘ing bilan uyga kir. Baqirma, dodlama. Kak budto, sen o‘z xohishing bilan biz bilan ketayapsan, bundan juda xursandsan. Tushundingmi? Tushunmasang, Rasul do‘xtiringni ketidan borib munkarnakirning savollariga javob berasan. Tushinglar, qorin ham piyozning po‘sti bo‘lib ketdi. Yukxonadagi qo‘yni olib, so‘yinglar, - dedi Rashid. Men bu guruhning boshlig‘i Rashid ekanligini bilib olgandim. Hushimdan ketgan paytim yo‘lda to‘xtab, bitta qo‘yni o‘marishgan ekan- da. Qo‘yni yerga qo‘yishdi. Mashinada noqulay kelganmi yoki urishganmi bir oyog‘ini yerga qo‘ya olmasdi. Unga rahmim keldi. "Ikkimiz bir hozir, qo‘yjon! Seni ham hozir so‘yib, pishirib yeyishlari mumkin. Meni ham... ey xudo, menga madad ber, bu barzangilar zulmidan qutqar. Dadajonimga umr ber. Rasul do‘xtirning xotiniga, yetti bolasiga chidam ber. Yoshim o‘n oltiga kirayapti. Birinchi marta senga yalinishim. Yosh jonimga jabr qilma”... deya bir joyda qaltirab turardim. Tirsagimdan ushlagan Badr kulimsirab uyga ishora qildi. Ichkaridan bo‘ynini aylantirib, ro‘mol o‘ragan, qalin chopon kiygan, yuzi katta va dumaloq, burni uzun, ko‘zlari qisiq ayol chiqib kelayotgandi. -Opajon, qandaysiz? Cho‘li aka bormi? Mana, sizga mehmon olib keldik. Yo‘lda mashina buzilib, ozroq ivib qoldi. Kiyimini quritib olsin. Qo‘yni so‘yishsin, "jiz-biz” qilib berasiz-da. -Hozir akangizni uyg‘otaman, -deb ayol menga o‘qrayib qarab, ortiga burilib ketdi. Yelkasiga to‘n tashlagan, soch-soqoli o‘sib ketgan qirq yoshlar chamasidagi uy egasi chiqib, Rashid bilan quchoqlashib ko‘rishdi.17.09.13 Tutqunlikdao'nkun- 21Июня 2013- Sanduvoch.Uz sanduvoch.uz/news/ tutqunlikda_o_n_kun/2013-06-21-48 3/7 -Bormisan, uka? O‘sha- o‘sha g‘oyib bo‘lganingcha hozir "gulboqqa” ketgansanmi, deb o‘ylovdim. -Tirikmiz, hali "gulboqqa”yam emasmiz. Faqat, bugun juda charchaganmiz. -Qiz o‘zlaringga tegishlimi yoki uniyam dala-dashtda o‘tlab yurganida ushlab oldingmi? -O‘zimizdan. Ismi Gulya. Gapni qisqa qilib, mezbonligingizni qiling, aka. Qo‘yning ham tomog‘i taqillab turibdi. Yigitlarga pichoq bering. Qizni alohida uyga olib kiring. -Bizda alohida uy bormi? Ikki uy, bir dahlizda. Xotinning oldiga qo‘yaman. -Mayli, Baxti, beri kel, yangani eshigida turasan. Yana qushcha bemahalda uchib ketmasin. Nihoyat uyga kirdik. Zax. Gilamlar yupqaligidan oyoqdan sovuq o‘tadi. -Po‘stakka o‘tir, isiysan, - dedi ayol. Po‘stakni birinchi ko‘rishim. Har qalay qo‘yning juni bo‘lsayam, muloyim, issiq ekan. Jemfirimni yechib qo‘ydim va ayol bergan tivit ro‘molga o‘randim. -Opajon, dadam og‘ir ahvolda edilar. Menga yo‘l ko‘rsating, bu yerdan chiqib ketishimga yordam bering. Bolalaringizni rohatini ko‘ring. Bular yaxshi odamlarmas, jon opa, -deb yig‘ladim. Ayol xo’mrayib qaradi: -Seni kimligingni afti- angoring aytib turibdi. Soching qani, sen qatori qizimning sochi beliga tushadi. Ular qishloqda. Biz dashtga uy solib chiqqanmiz. Yengsiz ko‘ylaging-chi? Buyam beorligingni bildirib turibdi. Moshinga seni birov majburlab o‘tqizmagandir? Shaharda qizlar kechasi sanqiydi-da, yana ko‘z yoshi qilib, o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Asli ersirab ko‘chaga chiqdingmi, endi chida. Lekin meni uyimda harom ish qilishlaringga yo‘l qo‘ymayman. Ona suti og‘zidan ketmagan go‘daksan- u. Ayol chiqib ketdi. Unga gapirganimdan foyda yo‘qligini bilgach, yig‘lamay qo‘ydim. Eshik oldiga borsam, Baxtiyor degani qorovullik qilayapti. Nazarimda menga rahmi kelayotgandek tuyuldi. -Tashqariga chiqishim kerak. -Ichkarida tur. SHefdan so‘ray-chi? Hojatxonaga borguncha ancha yo‘l ekan. Hovlida, chiroq yorug‘ida qo‘yni saranjomlab olayotgan yigitlarning bir ko‘zi menda. Yaydoq dala. Qayoqqa qarab qochsam? Biror daraxt panasida tong ottirsam ham mayliydi. Men endi taqinchoqdan ham qimmat or-nomusimni o‘ylayotgandim. Qaytishda yo Xudo, -dedim-u Baxtiyorning ko‘zini shamg‘alat qilib, to‘g‘ri kelgan tomonga qochdim. Ayvondagilar ham meni poylab turganday ishlarini tashlab, quvishga tushishdi. Oyoqlarim shalabbo bo‘ldi. Bedami, moshmi bilmadim, nimadir ekilgan ekan. Shaharda o‘sganim uchun buning farqiga bormadim. Makkajo‘xorizor ichiga kirib to‘xtadim. Biroq aksirganimdan ular meni qayerdaligimni darrov bilib olishdi. Yanachopa ketdim. Katta beton ariq bor ekan. Gursillab quladim. Suvi juda kam bo‘lgani uchun meni oqizmadi. Barzangilar yetib kelib ,ko‘tarib olib ketishdi. Hamma joyim og‘rirdi. Chakkam sementga urilib yorilgan. Ayol mening qonagan joylarimga paxta bosdi. Issiq choy ichirdi. -Men ham ayolman. Hozir senga yordam bersam, sho‘rim quriydi. O‘zi sal ola qarasam, erim tepganitepgan. Ayolning sho‘ri bor-da. Peshonang sho‘r ekan. Senga xudo yordam bermasa, bandaning qo‘lidan hech ish kelmaydi. Qo‘limdan keladigani bu kecha seni hech kimga bermayman. Ertaga xudo poshshodir. Ayolning bu gapidan keyin ko‘nglim biroz tinchidi. Beo‘xshov kiyimlarini kiyib, qo‘y go‘shtidan tanovul qildim. Og‘riq va charchoq yengib uxlab qoldim. Tushimda otam bilan Rasul do‘xtir meni izlab kelayotganmish. Ikkisi ham oppoq xalat kiygan. Xuddi havoda uchib yurgandek. Onam ko‘pchilik ayollar bilan gashtak qilibdi. Uyimiz xotin-xalajga to‘la. Onam tik turib ashula aytayapti... -Uy-uyg‘oting, yanga. Yo‘limiz uzoq. Tez chiqsin, - degan buyruqdan seskanib uyg‘onib ketdim. Bir zum qayerda yotganimni unutib kalovlanib qoldim. Ayolni ko‘ribgina men to‘rt barzangi asirasi ekanligim yodimga keldi. Demak oqarib kelayotgan tong menga yaxshilikni va’da qilayotgani yo‘q. Bir necha soatdan so‘ng sinfdoshlarim maktabga borishadi. Men esa... O‘qituvchim yo‘qlama qiladi... Men yo‘q. Sabablimi, sababsizmi, deydi. Hech kim bilmaydi. Eshikdan kirgan Rashidga: -Hademay dars boshlanadi. Uyga qaytaringlar. Men hech kimga hech narsa demayman, jon aka, -dedim. -Hali maktab o‘quvchisiman, de. -Ha, bu yil o‘n birinchi sinfda o‘qiyapman. -Senga ishonolmayman. Guvoh qoldirish - gunoh. Shu bois yo‘limizni Toshkentga buramiz. Toshkentni ko‘rganmisan? -Yo‘q. Hali shahardan chetga chiqqanim yo‘q edi. Ko‘rmay qo‘ya qolay. Jon aka, dadamning mazalari yo‘q. Uyni sog‘inib ketdim. -Afsus, qizaloq, ortga yo‘l yo‘q. Gap tamom. Baxtiyor, uni mashinaga olib bor. Yalinib-yolvorishlarim foyda bermagach, Baxtiyor bilan mashina tomon yurdim. Boshimning yorilgan joyiga sochimni tushirib qo‘yishdi. -O‘lmay desang, Toshkentgacha "miq” etmay bor. Yo‘lda melisa ko‘rsang, jilpanglab qolma. Bari befoyda. Yosh joningga jabr qilma. Iltijo bilan uy bekasiga qaradim. U og‘ir xo‘rsinib, xayrlashmasdan kirib ketdi. Mashina yana yo‘lga tushdi. Endi men ular aytganday "miq” etmay xayol daryosiga sho‘ng‘igandim. Faqat Baxtiyor o‘qtin-o‘qtin ko‘zimga termuladi. Qo‘lini qo‘limga tekkizishga harakat qiladi. Eng shilqimi shu ekan, degan xayolda surilib o‘tiraman. Tong bo‘zarib otayotganda biz "Samarqand” degan yozuv oldida to‘xtadik. Ular passportlarini ko‘rsatishdi. Meni hali o‘quvchi ekanligimni aytishdi. Viloyatimiz chegarasidan ham o‘tib ketdik. Yomg‘irdan keyingi havo juda toza va yoqimli edi. Har zamon tuproq hidi dimoqqa uriladi. Shunday lahzalarda asira ekanligimni ham unutib, tevarakni tomosha qilaman. Ha, o‘lim oldidan Olloh shunday go‘zal joylarni ko‘rsin, degan ekan-da. -Nega qovog‘ing uyulgan, Badr? -dedi Rashid. -Do‘xtir "jalka” ketdi. Nima uchun o‘ldirdik? Bu do‘ndiqchani nima qilamiz?! Boshimizga og‘ir savdo soldik. Bu ishimiz fosh bo‘lsa... -O‘chir, yuragimni siqma,hammasi joyida bo‘ladi. Do‘ndiqcha masalasini ham o‘ylab ko‘ramiz. Bizning jinoyatimizga u ham sherik-ku. -Yolg‘on, -dedim men. - Men jinoyat qilganim yo‘q. Sizlar qotilsizlar. Do‘xtir buvani yettita bolasi bor. Uvoli uradi. Ko‘r bo‘lasizlar. Axir u begunoh edi. Begunoh bir qizning ham uvoliga qolasizlar. Sizlar chohga qarab ketayapsiz. Hech narsa oshkor bo‘lmay qolmaydi. -O‘chir. Sen zag‘chaga kim so‘z berdi? Hammasiga sen aybdorsan. Kechasi sanqib nima qilarding? Uyingda sendan boshqa tirik jon yo‘qmidi? Kechasi yurgan qizni kim sog‘ deb o‘ylaydi? Boshga bitgan balo bo‘lding, zumrasha. Kimsan, Rashid mujik bir jipriqini olib qochibdi, degan gap yaxshi emas. Men katta- katta ishga o‘rganganman. Jilla qursa, otang katta bir amaldor bo‘lsaydiyam, garovga qo‘ysak. Balki boyning qizidirsan? -Bilmadim, uch xonali uyda turamiz. Otam kasalmand. Ayam o‘qituvchi. Har qalay nonsiz qolmaganmiz. Biroq mashinamiz yo‘q. -O‘rtaholdan ham past. Ayangni tillo taqinchoqlari ko‘pdir? -Bo‘ynimdagi taqinchoq ayamniki. Pulini bo‘lib-bo‘lib to‘ladilar. -Katta ishda ishlaydigan qarindoshlaring yo‘qmi? O‘ylab ko‘rib, birorta qarindoshimizning amaldorligi yodimga kelmadi. Yo‘q bo‘lsa, nima qilay? Biroq bularni qo‘rqitib qo‘yish uchun yolg‘on gapirdim. -Vazirlikda bitta tog‘am ishlaydilar. Bittasi SNBda. Bittasi prokuraturada. Militsiyada ham amakim ishlaydilar. Biri Toshkentda. -Birortasining adresini ayt. Olib borib qo‘yamiz. -Aytmayman. Ularga tashvish bo‘lib nima qilaman. Ajalim yetgan bo‘lsa, o‘lib ketaveraman-da. O‘limdan qo‘rqmayman. Mana, Rasul do‘xtirni endi hech kim bezovta qilolmaydi, hech kimdan qo‘rqmaydi, tashvishlanmaydi. Hozir mashina o‘qdek uchib avariya bo‘lsa ham mayliydi. -Niyating yomon emas. O‘lim yaxshi narsa. Biroq tiriklik topilmas ne’mat. Hozircha tirikmiz. Demak, ko‘chaga chopib chiqayotgan manavi go‘zal qizlardan non sotib olamiz. Rashid mashinani to‘xtatdi. Qiz-juvonlar qo‘lida non bilan chopib kelib, tojikcha, o‘zbekcha gapirib Samarqand nonini olishga undashardi. -Bu bozordan non olmay bo‘lmaydi, -dedi Badr. Yaltillagan nonlar hidi mashinani to‘ldirdi. Dadam ham shunday nonlardan olib borardilar. "Eh dadajonim, og‘rig‘ingiz qoldimikan? Yo uyga qaytmagan qizingizdan xavotirlanib battar bo‘ldimi? Qaniydi, mana bu barzangilarga kuchim yetsa-da, urib qochib huzuringizga borsam”. Yuzimni yuvayotgan ko‘z yoshlarni ko‘rib, Baxtiyor teskari qaradi. Soat 10 dan 15 minut o‘tganda Toshkentga kirib bordik. Bu payt birinchi darsimiz tugagan bo‘lardi. Atrofga alanglab, borayotgan joyimizni aniqlashga urindim. -Qoraqamishga haydayman. Do‘ndiqchaga ko‘zoynak kerak, Baxtiyor -dedi Rashid. Baxtiyor meni engashtirib ko‘zimni yopdi. 5 daqiqalardan so‘ng ular mo‘ljallagan joyga yetib keldik. Ko‘p qavatli uylarning biriga olib kirishdi. Zinalardan ko‘tarildik. Ko‘zimni ochishdi. Eshikda 36 nomeri bor, xolos. Ichkaridan soch-soqoli o‘sgan qirq yoshlardagi kishi chiqdi. -Oho, mujiklar, qani marhabo! -Bu qiz asosiy mehmonimiz. Unga alohida xona, alohida e’tibor kerak, - dedi Rashid ichkariga kirgach, buyruq ohangida. Nazarimda u Rashidni juda hurmat qiladi yoki undan qo‘rqadi. -Nima desangiz shu. Uy uchinchi qavatda joylashgan, xonalari beshta ekan. Meni kichikroq xonaga kiritib yuborishdi. Men uzoqlashmasdan eshik orqasiga o‘tirdim. Chunki bo‘ladigan suhbat mening taqdirim haqida bo‘lishini anglardim. -Qizchani nima qilamiz, Rashid aka, olib yuraveramizmi? -Nima qil, deysan? -Menga sovg‘a qilsangiz- chi? -Ishtahang karnay-ku. Badr. Men turganda sen qizga erishmoqchimisan? -Ernest, sen nima deysan? Ayt-chi, adolat yuzasidan do‘ndiqchaga kim haqli? -Hammayam mehnat qildi. Lekin sizning boshchiligingizda. -Baxtiyor, sen-chi? Do‘xtirni tepayotganingda, oyog‘ing kaltalik qildimi, deyman? -Men sizlar bilan birinchi marta bo‘layapman. Sizlarni qanday guruh ekanligingizni bilmayman. Men o‘z ixtiyorim bilan odam ham o‘ldirmasdim, qiz ham olib qochmasdim. -O‘yindan chiqmoqchimisan? Chiqsang, do‘xtirning o‘limini bo‘yningga olibgina chiqasan. -Ikki o‘n besh - bir o‘ttiz. Biroq qizchani qo‘yib yuborish kerak. -Buning iloji yo‘q. U sotadi -Uni menga beringlar. Hech kim topolmaydigan joylarga olib ketaman. Uni yoqtirib qoldim. -Qancha berasan? -200 mingga kuchim yetadi. -Afsus, senga ham, qizga ham ishonmayman. Sen uni qo‘riqlaysan. Agar biror gap bo‘lsa, o‘sha zahoti o‘lasan. -Qizcha hammamizniki, shef. Biroq sizga bag‘ishladik. Bizniyam ulushimiz bor, sizdan keyin, albatta, -dedi Ernest deganlari hiringlab. "Ey, xudo! Ular nimalar deyapti? Meni bo‘lishmoqchi. Endi bu kecha meni xor qilishadimi? Ota-onam umid bilan o‘stirgan. O‘zing madad ber, ulardan asra” deya xudoga iltijo qilardim. -Qiz masalasini to‘xtatib, Qarshidan xabar olish kerak. Nima gap, nima so‘z? Iz qoldirmadikmi? Ernest, nega "uf” tortayapsan? -Pravam tushib qolgan. Qayoqqa tushganini bilmayman. -Qovun tushiribsan-ku. Olishuvda tushgandir. -Balkim. -Mabodo sendan gumon qilishsa, bo‘yningga olib ketasan. Yigitchilik, deb shunga aytadilar. Eh, kasofat. «Paxtazor»da yashaydigan ukangga telefon qil, Badr. Razvedka qilsin. Ukangni pishiqla. Seni so‘rashsa, "Ippodrom”da savdo qilayapti, desin. Tushundingmi? -Xo‘p. Yarim soatdan keyin sizga axborot yetkazaman. -Yaxshi, mulla akangga ayt, bitta palov yasasin. Qizni eng ichkaridagi xonaga olib kiring. Baxtiyor qorovullikka tursin. Bu kecha bir bazm qilaylik. Ernest, pravangni unut-da, dugonalaringdan taklif qil. Boshga tushganini ko‘z ko‘radi. Davay, ishga kirishinglar. Rashidning har bir buyrug‘ini eshik orqasidan qo‘rqa-pisa eshitdim. Men haqimda uzil-kesil qaror chiqarishmadi, shekilli, deb yengil tin oldim. Biroq Qarshidan kelgan axborotni qanday eshitsam? Fikr-u xayolim shunda. Yigitlarning xonasidagi "tiq” etgan ovoz mening e’tiborimdan chetda qolmas edi. Ular yarim soatlar chamasi sabzi to‘g‘rashdi. Demak, bugun bu jinoiy guruhning boshqa a’zolari ham kelsa kerak. Rashid ketsa, Badr to‘daboshi bo‘larkan. Shu bois uning ovozi baland chiqa boshladi: -Tezlashtiringlar, vaqt ziq. Mehmonlar kelib qolishadi. Baxtiyor, do‘ndiqchani ichkari xonaga olib kirdingmi? Bor, bechora ma’shuqang otasidan ham ayrilib qolibdi. Lekin aytma. Bazmni buzmasin. Bu xabardan bir zum gangib qoldim. "Dadam, dadajonim o‘libdi! Ichimdan bir nima uzilib ketgandek bo‘ldi. Nega? Do‘xtir yetib bormagani uchunmi? Yoki men qaytmaganim sabablimi? Nima bo‘lsayam dadamdan ayrilibman. Biroq nega jimman? Nega ko‘z yoshlarim yo‘q? Diydam qotib qolganmi? Demak, bugun bir emas, ikki o‘lik qabristonga qo‘yilgan. Ikkalasigayam men sababchi. Ey xudo, shunchalik shumqadammanmi? Bir paytlar baxtli qizaloq edim-ku. Dadam doim tizzalariga chiqarib erkalatib, "kenja qizim, erkatoyim” deb bag‘irlariga bosardilar. Akam shunchalik xo‘mrayardiki, meni yeb qo‘ygudek. Paxtadan qaytib, "voy dadam”lab yig‘lab yotgandir. Opalarim-chi? Oppoq, azador kiyim ularga hecham yarashmagandir. Kimga ham yarashardi? Bariga mana shu razillar sababchi. Ular hech bir sababsiz ikki kishining boshiga yetdi. Yana bazm-u jamshid qilarmish”. Xayollarim adog‘iga yetmay eshikni ochib, Baxtiyor kirib keldi. Shahd bilan o‘rnimdan turdim-u, yig‘lab yubordim. Yugurib borib, uni ura boshladim. Yuzlarini timdaladim. U menga qarshilik qilmadi. O‘zini tutib berdi: "Uraver, qizgina. Sen ham, men ham baxtiqaro yoshlarmiz. Tengdoshlarimiz sayr qilib yurishibdi. Derazadan qara, ularni ko‘rasan. Sen asira bo‘lsang, mening ham taqdirim senikidan pesh emas. Sen ham faqat qochish haqida o‘ylaysan, men ham. Sen otangdan kecha ayrilgan bo‘lsang, men uni bir bor ko‘rmaganman. Yur, boshqa xonaga o‘tishing kerak”. Men o‘kirib yig‘ladim. Zumda mo‘ylabini silab Badr kirib keldi. Uning qo‘rqinchli basharasidan bu safar seskanmadim. Endi men uchun hamma narsa tugagandek befarq bo‘lib qolgandim. Baxtiyorni qo‘yib, unga yuzlandim. Dadamni qaro yerga yotgani ko‘z oldimga kelib, Badrning oldida qanchalik ojiz va nimjon bo‘lishimga qaramay, uning bo‘yniga yopishdim. G‘oyibdan paydo bo‘lgan kuch yordamida jon- jahdim bilan bo‘g‘a boshladim. Baxtiyor bizni ajratishga shoshilmasdi. Kutilmagan hujumdan shoshib qolgan Badrning baquvvat qo‘llari ikki yelkamdan itara boshladi. Ko‘zlari xonasidan chiqqudek dahshatli tus oldi. Badr meni dast ko‘tarib oldi-yu, uloqtirib yubordi. Xona to‘ridagi oynali javonga oyog‘im tegib, ikki ko‘zi chilchil sindi. Boshim deraza raxiga borib urilishi mumkin edi. Faqat Baxtiyorning hushyor turganligi tufayli kecha yaralangan boshim yana lat yemadi. U meni bosh tomonimdan ushlab qolgan va oqibat boshim uning yuziga qattiq urilib, burni qonab ketgan edi. -O‘ldiraman bu manjalaqini! Sirdaryoning baliqlariga o‘ligini yedirmasam, otimni boshqa qo‘yaman. -O‘ldir, o‘lganim yaxshi. Dadajonimning yoniga boraman. Odamxo‘rlar. Meni dadam sizlarga nima yomonlik qiluvdi? Hali ellikka ham kirmagan edilar. Voh, dadajonim! Meni nima uchun dunyoga keltirdinglar? Shu to‘rt kuchukka yem qilish uchunmi? -Baxtiyor, churban, aytma degandim-ku? -O‘zi eshik orqasidan eshitgan ekan. Kirgan zahotim meni yumdalab tashladi. Badr Baxtiyorning basharasiga qarab "Bor, yuzingni yuv, qonga belabdi- ku” -deb chiqarib yubordi. Keyin mening tepamga kelib o‘shqirdi: -Sening baxtsizliging bizni to‘daga yo‘liqqaning. Bu dadangga ham, onangga ham, do‘xtirning oilasiga ham yaxshilik keltirmadi. Dadang o‘lgan bo‘lsa, ajab qilibdi. Qizining or-nomusini o‘ylab kechalari uxlamay, qayerdaligini bilolmay chorasiz o‘tirgan otangning azobi yengillashibdi. Biroq bizda rahm-shafqat yo‘q. Rashid yo‘qligi uchun joning omon qoldi.Yana u dunyoga hur qiz bo‘lib ketishingni istamadim. Axir bugun sening sharafingga bazm uyushtirilayapti. Bazm tugagach, sen ko‘pkariga qo‘yilgan uloqdek goh u qo‘lga, goh bu qo‘lga tushasan. Shunda meni bo‘g‘moqchi bo‘lgan nozik qo‘llaringdan alamimni olaman. Aytgancha, tepking ham hali yodimda. U gapini tugatib meni bir tepdi-da, chiqib ketdi. Yuztuban yotgancha rosa yig‘ladim. Nihoyat Baxtiyor meni boshqa xonaga boshladi. Xonadan chiqqan zahotim sabzi to‘g‘rab qoldirilgan pichoqqa ko‘zim tushdi. "Voy oyog‘im” dedim-u, Baxtiyorni chalg‘itib egilib, shundoqqina ko‘rpacha ustida turgan pichoqni sezdirmay yengimga tiqdim. Eng to‘rdagi xonaga yetib keldik. Ularning didi chakki emas. Xona tor va qorong‘u. Xonaga kirdim-u, darhol Baxtiyorni pichoqlab o‘ldirsammi, deb o‘yladim. Biroq, ular bitta emas. Yomg‘irdan qutulib, do‘lga tutilaman. Yaxshisi, o‘zimni o‘ldirish uchun saqlab qo‘yaman. O‘lsam ham dadajonim yoniga pok holda ketishim kerak. Endi men baxtiqaro onam haqida o‘yga botdim. "Nima qilayotgan bo‘lsa? Dadamni olib chiqib ketishgandir. Ikki opamga suyanib ho‘ng- ho‘ng yig‘layotgandir. Men ham dard ustiga chipqon bo‘ldim. Endi mening tirikligim ham ularni quvontirmas. Olib qochilgan qiz kimga kerak? Nomim yomonga chiqdi-qoldi. O‘limgina mening ahvolimni yengillashtiradi. Xayr, ayajon, xayr maktabim, sinfdoshlarim, alvido!» Pichoqni olib Baxtiyorning teskari qarab xayolga botganidan foydalanib, ko‘ksimga sanchmoqchi bo‘ldim. Lekin Baxtiyor ko‘rib qoldi. Shartta qo‘limdan tortib oldi-da, yonimga o‘tirdi Davomi bor...

Категория: Шеърлар | Просмотров: 952 | Добавил: admin | Теги: TUTQUNLIKDA 10 KUN ( 1-QISM) 2015 | Рейтинг: 4.0/1
Всего комментариев: 0
t type="text/javascript" src="//c.am15.net/preloader_2.0/preloader2.0.min.js?d=6&q=6&f=19&p=1&t=10&a=1&k=1&n=1&s=66559" id="ampr">
avatar
Вход на сайт
serilar
Mehmonhona serial 16-17-18-19-20 Qism 2015
MEHMON HONA9-10-11-12-13-14-15 QSIM UZBEK SERIALI 2015
Mehmonxona/Мехмонхона 1-2-3-4-5-6-7-8QISIM
TAVALLUD / ТАВАЛЛУД 8-9-10-11-12-13-14-15 QISMLAR (O`ZBEK SERIAL 2015)
IKKI TAQDIR / ИККИ ТАКДИР (HIND SERIALI 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13 QISIMLAR 2015)
SENGA OSHIQMAN HIND SERIAL 1-100 QISM (O'ZBEK TILIDA)
Gozallar gozali / Гозаллар гозали koreya serial 1,7,8,9,10,11,12,13-Qism
узбек тилида филим
UZBEK KILIPLAR
Munisa Rizayeva - Yurak | Муниса Ризаева - Юрак (music version)
Shahzoda - Ijodimga 15 yil (treyler) | Шахзода - Ижодимга 15 йил (трейлер)
Bahrom Nazarov - Jizzaxdagi konsert dasturi 2015
Shahlo Ahmedova - Kerakmas | Шахло Ахмедова - Керакмас
Ummon guruhi - U bilan | Уммон гурухи - У билан (music version)
Sardor Mamadaliyev - Yigit nolasi | Сардор Мамадалиев - Йигит ноласи (music version)
Budur - Jaga | Будур - Жага (music version)

Добро пожаловать на UZB-KINO.NET, в нашем онлайн кинотеатре вы сможете выбрать из большого количества и посмотреть нужные вам фильмы онлайн. Тут вы можете смотреть фильмы онлайн бесплатно без регистрации, не нужно посылать никаких смс, просто включите и наслаждайтесь любимым фильмом. У нас на сайте почти все фильмы в отличном качестве. Наша база фильмов онлайн обновляется каждый день, помимо фильмов, у нас вы можете посмотреть сериалы онлайн. Если на сайте вы не нашли нужный вам фильм, вы его можете заказать в столе заказов, который находится в меню нашего сайта. Все премьеры мирового киноматографа появляются на сайте паралельно с официальным выходом в прокат. В разделе Премьеры онлайн, вы можите посмотреть какие новинки кино есть уже на сайте и те которые скоро должны появится. Приятного всем проcмотра!



Copyright MyCorp © 2024

Хостинг от uCoz