O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi
Bilmadim kambagal, yo boyni qizi
Yaxshi yo yomon insonni qizi,
Lekin musulmonsan unutma buni
O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi.
Evropa qiziga o'xshama aslo
Satanga o'xshab bo'yanma aslo
Momolaring kabi bo'lgin sen dono
O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi.
Erkaklar gap otsa ko'zingni suzma,
Shayton gapiga kirib aslo buzulma
Erkakka tik boqma yerga qaragin
O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi.
O'zbeksan sof o'zbek tilda gaplashgin
Ovozing ko'tarmay go'zal so'zlashgin
Behuda so'zlamay quro'n o'qigin,
O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi.
Sigaret chekishlar, aroq ichishlar
Nomaqul so'z so'zlab, so'kinishlar
Senga hech mos emas o'zbekni qizi
O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi.
Sen ayolsan unutma erkak emassan
Allohim yaratgan nozik hilqatsan
Shukr qil kofirmas sen mo'minasan
O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi.
O'zingni kimlarga o'xshatmoqdasan?
O'zligingni qara, unutumoqdasan,
Turishinga qara, tayinsiz millat,
O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi.
|